«Shaharda uylar kengaydi, lekin odamlarning bag‘ri toraydi» — Abduqodir Toshqulov
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ijara masalasida yaratilgan imkoniyatlar va bugungi holat haqida ham izoh berdi.
«Ilgari xonadon egalari soliqchilar bilan shartnoma qilishi, ya’ni olgan daromadidan soliq to‘lashi kerak edi. Buni aksariyat xonadon egalari, ham tashvish, ham xarajat nuqtai nazaridan xohlamadi. 1 yanvardan bu jarayon soliqdan ozod etilgan edi. Shunda ham xonadon egalari xohlashmadi. Shaharda uylar kengaydi, lekin odamlarning bag‘ri toraydi. Avval har bir xonadon 2-3 nafar talaba bo‘lardi mahallalarda.
Shuning hisobiga hozir talabalar turar-joyi bilan bog‘liq bosim kuchaydi. Aholi istamayotgan, o‘zining «komfort» hayotidan chiqishni xohlamayotgan bo‘lsa, davlat o‘zining fuqarolarini himoya qiladi, dedi Prezidentimiz. Shuning uchun ijara tizimi joriy qilindi. Rahbariyat shunaqa topshiriq berdi, hozir shartnomani talab qilmasdan subsidiya berish loyihasi ishlab chiqilmoqda», dedi vazir.
Avvalroq vazir talabalarini yotoqxonalar bilan to‘liq ta’minlagan biror davlat yo‘qligi aytib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter