Sharqshunoslik instituti xalqaro fond bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Eron Islom Respublikasining Sa’diy Fondi o‘rtasida ilmiy, ta’lim va tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida «Fors tili va adabiyotini o‘rganish» bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy «Telegram» kanalida xabar berildi.
Unga ko‘ra, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish, mushtarak ilmiy simpoziumlar tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, o‘zbekistonlik talabalarga fors tilini chuqur o‘rganishlari uchun qo‘shma tadqiqotlar ham amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter