Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev maktab tizimidagi kamchilik va muammolarni sanadi

Shavkat Mirziyoyev maktab tizimidagi kamchilik va muammolarni sanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari maktab ta’limi tizimidagi kamchilik va muammolarni sanab o‘tdi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 1 ming 695 ta maktab mukammal ta’mirga muhtojligi, hanuzgacha 179 ta paxsadan qurilgan maktab mavjudligi, 3 mingdan ziyod maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari zarurligi tanqid qilindi. Bundan tashqari:

  • yangi massivlar barpo etilishi, qishloq infratuzilmasi kengayishi va aholi o‘sishi natijasida yana 270 ta maktab qurishga ehtiyoj bor;
  • hozirda 2,3 mingta maktabning sport zali mavjud emas;
  • ta’lim sifati past bo‘lgan 84 ta maktabning birorta o‘quvchisi o‘tgan yili oliygohga kirmagan;
  • maktab kutubxonalaridagi kitob fondi yillar davomida yangilanmagan;
  • milliy musiqa anjomlari atigi 615 ta maktabda mavjud.

Avvalroq davlat rahbari maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yish kerakligini, chunki ko‘p vaqt yo‘qotilganini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring