Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov ham o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi

Sherzod Shermatov ham o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi

Foto: facebook.com/SherzodXotamovichShermatov

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus haqida «Feysbuk»dagi sahifasida post qoldirdi.

«Prezident hamma rahbarlar, Bosh vazirdan tortib, deputatlaru, hokimlargacha o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kamida 10-20 tadan kitoblar sovg‘a qilsa, o‘sha tumanda tayyor kutubxona paydo bo‘lishi va yoshlarimiz kitob o‘qishiga yanada yaxshi imkoniyat yaratilishi haqida aytib o‘tdi», deb yozadi vazir.

Bu nafaqat yaxshi tashabbus, balki yillab yechilmay yotgan va yechilishi juda qiyin ko‘ringan muammoni o‘ziga xos oddiy yechimi hamdir.

Maktablarda shuncha muammolar bor deb, lekin quruq kutib o‘tiradiganlarga bu o‘ziga xos o‘rnak ham bo‘ldi.

Hamma o‘zi o‘qigan maktabga yordam berishni boshlasa, ancha katta o‘zgarishlarni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun Prezidentimizning ushbu xayrli tashabbusini nafaqat davlat idoralaridagi rahbarlar, balki barcha bitiruvchilar qo‘llab-quvvatlasa, albatta, ko‘zlangan maqsadga yanada tezroq erishamiz.

Foto: facebook.com/SherzodXotamovichShermatov

Imkon boricha, maktablarga kitoblarni sovg‘a qilayotganda o‘sha maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli va foydali kitoblarni tanlab bergan ma’qul. Shu maqsadda, Xalq ta’limi vazirligining «Feysbuk»dagi sahifasida har bir o‘quvchi o‘qib chiqishi uchun tavsiya etiladigan 100 ta kitob ro‘yxati loyihasini tuzib, muhokamaga qo‘yib birgalikda ushbu ro‘yxatni takomillashtiramiz, deb umid qilaman. Shunda kitob tanlash va sovg‘a qilish yanada osonlashadi.

Shu bahona, o‘zim o‘qigan Olmazor tumanidagi 22-maktabga yana bir bor borib, holatni ko‘zdan kechirishga imkon bo‘ldi, deb yozadi Sherzod Shermatov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring