Shvetsiya malikasi Viktoriya qizini maktabga olib bordi (foto)

Bugun, 21-avgust kuni Shvetsiya malikasi Viktoriyaning qizi — olti yoshli Estel birinchi sinfga bordi. Bu haqda qirol saroyi rasmiy sayti xabar berdi.
Estelni Stokgolmdagi eng nufuzli maktab — «Campus Manilla»ga berishdi. Qizaloqni maktabga onasi Viktoriya, otasi Daniel va tansoqchi olib borishdi.

Tantanali qismdan so‘ng malikaning qizi boshqa bolalar bilan o‘z sinfiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, malika Viktoriya o‘rtahol shved oilasidan chiqqan bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i bilan Stokgolmdagi sport zalida tanishgan. Daniel Viktoriyaning shaxsiy fitnes-instruktori edi.
Ular 2010-yilning 19-iyun kuni turmush qurishdi. Ularning Esteldan tashqari ikki yoshli Oskar ismli o‘g‘li ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter