Sinf rahbarlariga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi

2021-yilning fevral oyidan e’tiboran xalq ta’limi tizimida 5-sinfdan boshlab, 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash bo‘yicha Nizom joriy etildi.
Yangi Nizomga muvofiq, birinchi navbatda maktablarda sinf rahbarlariga qo‘yiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi. Xususan:
- kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
- maktabda to‘liq stavkada acosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
- bo‘linib o‘qitiladigan fanlardan dars bermaydigan;
- odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la oladigan;
- ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan;
- o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.
Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:
- amaldagi xujjatlari soni optimallashtirildi;
- faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;
- malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;
- ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlardan kutilayotgan asosiy natijalar:
- sinf rahbarlarining o‘quvchilar tarbiyasiga ta’siri sezilarli ravishda oshishi;
- 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sog‘lom ravishda ushlab turish imkoni;
- ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqishining ortishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter