Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent islom instituti «Tahfizul Qur’on» kafedrasiga yangi mudir tayinlandi

Toshkent islom instituti «Tahfizul Qur’on» kafedrasiga yangi mudir tayinlandi

Jahongir qori Ne’matov

Foto: «Youtube» / Vakillik_Uz

Bugun, 16-may kuni Toshkent islom instituti «Tahfizul Qur’on» kafedrasida yangi mudir tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan kafedrada institut rahbariyati, o‘qituvchilar va xodimlari ishtirokida majlis o‘tkazildi. Rektor U.G‘afurov yig‘ilganlarni Ramazoni sharif bilan muborakbod etib, «Tahfizul Qur’on» kafedrasining Qur’oni karim qiroati va tajvid fani o‘qituvchisi, ko‘plab qorilarning ustozi Jahongir qori Ne’matovni kafedra mudiri lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

Majlis davomida kafedraning salohiyati va maqomini oshirish bo‘yicha oldinda turgan rejalar va ularning ijrosi to‘g‘risida takliflar o‘rtaga tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, «Tahfizul Qur’on» kafedrasiga shu kungacha mudirlik qilib kelgan Jaloliddin Hamroqulov bugun, 16-may kuni Prezident farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzurida tashkil etilgan Vaqf xayriya jamoat fondi ining ijrochi direktori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring