Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU ilk bor xalqaro reytingga kirdi

TATU ilk bor xalqaro reytingga kirdi

Foto: Xabar.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti THE Impact Ranking 2022 reytingiga ilk bor kiritildi. Umumiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha TATU dunyoning 1406 ta universitetlari o‘rtasida 1001+ o‘rinda qayd etilgan.

E’tiborli jihati, mazkur reytingda ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan universitet alohida maqsadlar bo‘yicha nisbatan yuqori natijalarni ko‘rsatgan.

Mazkur reytingning BMT Barqaror Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha alohida mezonlari quyidagicha belgilangan:



Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish (8) ko‘rsatgichi bo‘yicha TATU 301-400 o‘rinda qayd etilgan. Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma (9), Tengsizlikni kamaytirish (10), Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv (16) me’zonlari bo‘yicha 601+ o‘rinlarda qayd etilgan.

Bundan tashqari, TATU Gender tengligi (5) va Sifatli ta’lim (4) maqsadlari bo‘yicha 801+ o‘rinlarda qayd etilgan bo‘lsa, Sog‘liq va farovonlik (3) hamda Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik (17) bo‘yicha 1001+ ko‘rsatgichlarni qayd etgani belgilangan.

Times Higher Education Impact Rankings — bu universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (SDGs) muvofiqligini baholaydigan yagona global samaradorlik reytingi hisoblanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring