Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TDT iqtisodiyot vazirlari yig‘ilishida o‘ndan ortiq masala muhokama qilindi

TDT iqtisodiyot vazirlari yig‘ilishida o‘ndan ortiq masala muhokama qilindi

Bugun, 9-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti iqtisodiyot vazirlari yig‘ilishida o‘nga yaqin masala muhokama qilinib, ular bo‘yicha kelgusida tegishlicha bitimlarga erishishga kelishib olindi.

Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ishtirokida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda yig‘ilish kun tartibida bo‘lgan masalalar haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, vazirlar yig‘ilishida:

• «Turk investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim» va «Savdoni osonlashtirish bo‘yicha strategik hujjat»;

• TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida «Xizmatlar va investitsiyalar bo‘yicha erkin savdo shartnomasi»;

• TDT doirasida «Raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim»;

• «Turkiy savdo uylari»;

• «TURANSEZ» maxsus iqtisodiy zonasi;

• «Turkiy davlatlarning savdo hamkorligi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish konsepsiyasi» va «TDTga a’zo davlatlarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari negizida muhandislik-texnologiya markazlarini yaratish konsepsiyasi»;

• 2022-2026–yillarga mo‘ljallangan TDT strategiyasida belgilangan maqsadlarga muvofiq, savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan «faoliyatlar ro‘yxati»;

• TDTga a’zo davlatlarning investitsiyalarni ilgari surish agentliklari o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish va potensial TDT investitsiya loyihalari katalogini tayyorlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi (yoki qaror) kabi masalalar ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro sodiqlik bildirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring