Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi — DTM

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi — DTM

Foto: Xabar.uz

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:

1-smenada soat 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada soat 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish ertaga, 4-avgust kunidan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring