Test sinovlarining dastlabki kunida 66 nafar abituriyent chetlashtirildi

29-iyul kuni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari boshlangani haqida ma’lum qilingandi.
O‘zA xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 66 ta katta sig‘imli binolarda test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Test sinovlari 2 smenada tashkil etilgan bo‘lib, ishtirok etishi belgilangan 71 340 nafar abituriyentdan 68 736 nafari test sinovlariga keldi. 2 538 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi. 13 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 53 nafari binoda tartib-qoidalarni buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
Bundan tashqari, abituriyentlarning test sinovlariga kechikib kelish holatlari ham kuzatilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi tegishli qaroriga muvofiq abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan kuni tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat «Abituriyent ruxsatnomasi» va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter