To‘lov-kontraktlarni oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi

Endi OTM talabalari to‘lov-kontrakt pullarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga taalluqli sharhida ma’lum qilingan.
«Aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi» deyiladi sharhda.
Shuningdek, to‘lovlarning oshishiga yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter