Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘lov qilmagan abituriyentlarga yana bir kunga imkoniyat berildi

To‘lov qilmagan abituriyentlarga yana bir kunga imkoniyat berildi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yil 27-iyul kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

DTMning qayd etishicha, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

27-iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28 iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bu yil OTMlarga o‘qishga kirish uchun  qancha abituriyent hujjat topshirgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring