Toshkent davlat agrar universiteti AQSh universiteti bilan hamkorlik qiladi

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Botirjon Sulaymonov shu yilning 11-14-fevral kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi doirasida Missisipi shtati universiteti bilan o‘zaro hamkorlik bitimini imzoladi. Bu haqda universitet matbuot xizmat xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent davlat agar universiteti Missisipi shtati universiteti bilan qishloq xo‘jaligi, xususan, baliqchilik, o‘rmon xo‘jaligi, paxtachilik, bog‘dorchilik va suv resurslarini boshqarish yo‘nalishida hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib boradi; akademik va ekspertlar almashinuvi dasturlarini amalga oshiradi.

Kelgusida universitetlar o‘rtasida «Agrobiznes va menejment» mutaxassisligida magistrlar tayyorlash bo‘yicha ikkitomonlama qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash borasida AQShning boshqa OTMlari bilan ham hamkorlik aloqalarini olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter