Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali qayta tiklandi

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga abituriyentlar o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Prezidentning 2018-yil 4-iyundagi qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligining 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga o‘qishga qabul qilishni qaytadan tiklash haqidagi taklifiga rozilik berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas