Toshkentda yana bir xalqaro universitet filiali ochiladi

Hindistondagi «Amity University» xususiy universiteti rektori Atul Chauxan boshchiligidagi delegatsiya 17-19-noyabr kunlari tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
Tashrif doirasida mamlakatimizda «Amity University» universiteti filialini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mehmonlar Toshkent shahridagi Inha hamda Vestminster universitetlarida bo‘lib, mazkur oliy ta’lim dargohlarida yaratilgan sharoit, yurtimizda ta’lim tizimini isloh qilish borasidagi intilishlarning ijobiy samaralari bilan yaqindan tanishadi.
Hindiston delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, 19-noyabr kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiyaviy forumda ham ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter