Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tug‘ruqxonadan – universitetga. Buxoroda so‘nggi abituriyent – yosh ona bo‘ldi

Tug‘ruqxonadan – universitetga. Buxoroda so‘nggi abituriyent – yosh ona bo‘ldi

Buxoro davlat universitetida eng so‘nggi abituriyent 15-iyun kuni, soat 23:58da ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyat hokimi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, eng so‘nggi abituriyent Gulbahor Shavkatovna Atoyeva — yosh ona bo‘lgan. U 1983-yil 1- oktyabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Gulbahor Atoyeva hujjatlarini topshirish uchun tug‘ruqxonadan chiqib kelgan va boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishiga hujjat topshirgach, yana tug‘ruqxonaga qaytib ketgan.

- Buxoro davlat universitetiga eng so‘nggi hujjatning yosh ona tomonidan topshirilishi, hammamizga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Kun davomidagi charchoqlar chiqib ketdi. Eng so‘nggi abituriyent – yosh onani ham onalik baxti, ham hujjat topshirishga ulgurib qolgani bilan tabriklab, qarsak lar bilan kuzatdik,-dedi Davlat test markazi Buxoro bo‘limi xodimi Izzat Rahmonov.

Laylo Hayitova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring