Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UDEA – Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetiga qabul boshlandi

UDEA – Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetiga qabul boshlandi

UDEA – Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetiga qabul boshlandi.

Mazkur ta’lim maskani 10-11-12-avgust kunlari ochiq eshiklar kuni deb e’lon qilgan edi. Tashrif buyurganlar binoda barcha imkoniyatlar yaratilganligi, o‘quv xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligini alohida ta’kidlashdi.

Bu oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston yoshlari uchun sifatli ta’lim olish imkoniyati yaratiladi va iqtisodiyot, jumladan, bank sektori va qishloq xo‘jaligi uchun xalqaro standartlarga mos keladigan malakali kadrlarni tayyorlab berishni rejalashtirmoqda.

Bitiruvchilar quyidagi faoliyat turlariga jalb qilinadi:

Davlat boshqaruvi;
Axborot kommunikatsiyalari;
Fan va ta’lim;
Bank va moliya;
Qishloq xo‘jaligi sohalariga.

Qabul rejasiga ko‘ra 2022-2023 o‘quv yilida bakalavriatga – 160 nafar, magistraturaga – 40 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Universitetga qabul joriy yilning 26 avgustiga qadar davom etadi.

Talabalar UDEA orqali AQShning Michigan davlat universitetida grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Kirish imtihonlari: Matematika, mantiq va ingliz tili fanlaridan olinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: lms.udea.uz/register

Batafsil ma’lumot uchun:
info@udea.uz
☎️ +998788880800

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring