Ukraina: o‘qituvchi bo‘lishni istovchilar juda oz

«Regnum» axborot agentligi yozishicha, Ukraina pedagogiga oliy o‘quv yurtlarida fizika, kimyo, matematika va informatika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni istovchi talabalar topilmayapti. Bu haqda Ukraina ta’lim va fan vazirligi direktorati direktori Oleg Sharov «Zerkalo nedeli»ga ma’lum qilgan.
O‘tgan kirish imtihonlarida budjet o‘rinlarining yarmi ham to‘lmadi, ta’lim muassasalari davlat buyurtmasini bajara olmaydi, deya ta’kidladi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 3-sentyabr kuni Ukraina ta’lim vaziri Liliya Grinevich o‘qituvchilar 2019-yilda maoshlari oshishiga umid qilishmasa ham bo‘ladi, degandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter