Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Research Online» platformasida chiqqan maqolalar xorij nashrlaridagi materiallarga tenglashtiriladi

«Uzbekistan Research Online» platformasida chiqqan maqolalar xorij nashrlaridagi materiallarga tenglashtiriladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi hamkorligida 2018-yildan amalga oshirilayotgan «Ilm-fan – 2020» dasturi doirasida ishlab chiqilgan «Uzbekistan Research Online» raqamli platformasidagi jurnallarda ingliz tilida e’lon qilingan maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga tenglashtirildi.

Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2020-yil 30-iyuldagi qarori qabul qilindi.

Endilikda «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatida»gi fan tarmoqlari bo‘yicha Digital Commons platformasi negizidagi «Uzbekistan Research Online» raqamli platformasiga kiritilgan respublika oliy ta’lim muassasalarining 41 ta jurnalida yetakchi xorijiy olim-mutaxassislar taqrizidan o‘tkazilgan holda ingliz tilida chop etilgan maqolalar dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalarga tenglashtiriladi.

Mazkur imkoniyat yurtimiz yosh olimlari va tadqiqotchilari o‘z ilmiy ishlari natijalarini e’lon qilishda yillar davomida to‘qnash kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi hamda OTMlar ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shadi, respublikamiz ilm-fan yutuqlarini jahon ilmiy hamjamiyatiga taqdim etish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

«Uzbekistan Research Online» platformasida yurtimiz OTMlarining 41 ta ilmiy jurnali birlashtirgan bo‘lib, unda ikki marta anonim retsenziyadan o‘tkazish (double-blind peer review) konfiguratsiyasini qo‘llash imkoni mavjud va xalqaro standartlarga javob beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring