Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik to‘lov-kontrakt bo‘yicha talabalarga murojaat qildi

Vazirlik to‘lov-kontrakt bo‘yicha talabalarga murojaat qildi

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalarga murojaat bilan chiqdi. 

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari yetib belgilangan.

Bu uzaytirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:

- to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
- va qayta tiklangan talabalar uchun.

Ushbu munosabat bilan, talaba-yoshlardan to‘lov-kontrakt mablag‘larini joriy yilning 20- yanvar kunidan kechiktirmasdan to‘lashlari so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring