Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi kirish imtihonlari may oyiga qoldirildi

Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi kirish imtihonlari may oyiga qoldirildi

Foto: Inxa universiteti

Mamlakatimizda COVID-19 pandemiyasi tarqalgani va karantin joriy etilgani sababli Toshkent shahridagi Inha universiteti birinchi kirish imtihonlarini apreldan may oyiga ko‘chirishga qaror qildi.

Yangi jadvalga ko‘ra, ikkala fakultet - «Kompyuter va dasturiy injiniring» (SOCIE) va «Logistika» (SOL) uchun birinchi kirish imtihonlari 2020 yil 31 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi imtihon faqat shartnoma asosida o‘qishni o‘z ichiga oladi.

Hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati avvalgidek 10 aprelgacha davom etadi.

Buning uchun:

1. Universitetning ra’smiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish;

2. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish va quyidagi hujjatlarning skaner qilingan nusxalarini yuklash lozim:

  • pasport;
  • o‘rta maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji diplomi;
  • rasm (3,5 × 4,5);
  • IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati.

Ikkala fakultetga faqat Matematika fanidan imtihon bo‘lib o‘tadi. Kerakli sertifikatlarni taqdim etish majburiy.

• SOCIE fakulteti uchun — IELTS kamida 5 ball yoki TOEFL iBT — kamida 50 ball;
• SOL fakulteti uchun — IELTS kamida 5,5 ball yoki TOEFL iBT — kamida 71 ball.

Bugungi kundagi vaziyatni hisobga olgan holda universitetning qabul qo‘mitasi barcha abituriyentlar uchun hujjatlarni topshirish tartibini soddalashtirdi.

Qoidaga muvofiq, agarda abituriyent hali maktab, litsey yoki kollejni tugatganligi to‘g‘risida diplom olmagan bo‘lsa, u holda ta’lim muassasasidan sertifikat taqdim etish kerak. Ammo, barcha ta’lim muassasalari karantin tufayli yopiqligini hisobga olgan holda buni amalga oshirish mumkin emas. Shu munosabat bilan, komissiya abituriyentlardan sertifikat talab qilmaydi. Ammo karantin muddati tugagach, ushbu sertifikatni kirish imtihonidan oldin topshirish shart bo‘ladi.

Shuningdek, IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatlariga hali ega bo‘lmagan abituriyentlar ham hujjat topshirishlari mumkin, ammo berilgan muddatga qadar ularni taqdim etishlari shart. Muddat 2020 yil, 5 avgustga qadar belgilangan.

Xalqaro talabalar - universitet saytida ko‘rsatilgan talablarga javob bergan holda ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etadi va universitetga imtihonsiz qabul qilinadi.

Qabul va imtihonlar haqida batafsil ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan olish, shuningdek, +998 71 289 99 99 (ichki 0129 va 0124) raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring