Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vaziri o‘qituvchilarning yetishmasligiga izoh berdi

Xalq ta’limi vaziri o‘qituvchilarning yetishmasligiga izoh berdi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 5-fevral kuni Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida ushbu farmonning mazmun-mohiyati xususida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov hisobot berdi.

Hozirgi kunda ko‘plab maktablarda o‘qituvchilar, ayniqsa, rus tili murabbiylarining yetishmasligi katta muammoga aylanmoqda. Bu holatga Xalq ta’limi vaziri quyidagicha javob berdi:

— Bu juda dolzarb muammo bo‘lib, uning kelib chiqish sababini ham aytib o‘tishimiz mumkin. Bugungi kunda rus tili o‘qituvchilarining yetishmasligi ushbu tilga bo‘lgan katta hajmdagi ehtiyoj sabablidir. Oddiy misol, ota-onalar farzandlarining rus tilini o‘rganishini istaydi, shuning uchun ham talab katta. Shuning uchun o‘tgan yildan pedagogika yo‘nalishlaridagi OTM qabul kvotalarining rus guruhlari uchun tanlovni 30 foizga oshirdik. Ikkinchidan, rus tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish orqali ushbu muammoni hal etamiz.

Eslatib o‘tamiz, anjumanda vazir kelgusi yili respublika bo‘yicha 25 ming o‘qituvchiga ehtiyoj yuzaga kelishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring