Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vaziri Qashqadaryo maktablarini shaxsan o‘rganmoqda

Xalq ta’limi vaziri Qashqadaryo maktablarini shaxsan o‘rganmoqda

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryoda o‘rganishda bo‘lib turibdi. Bu haqda XTV axborot xizmati xabar berdi.

Dastlab ishchi guruh yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanida bo‘lib, tuman xalq ta’limi bo‘limi uchun tayyorlangan bino hamda 112-maktab va uning yangi qurilgan filialida bo‘ldi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qisqa muddatda Ko‘kdala tuman xalq ta’limi bo‘limiga malakali kadrlarni jalb etish, xodimlar uchun barcha sharoitlarni yaratish ko‘rsatmasi berildi.

Viloyat hokimligi tomonidan yangi barpo etilgan 220 o‘rinli 112-maktab filialida qurilish va jihozlashni nihoyasiga yetkazgan holda yangi o‘quv yilida alohida maktab sifatida faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilab olindi.

Yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanida 96 ta maktab faoliyat yuritadi va ularda 41 ming nafar o‘quvchi ta’lim oladi.

Aytilishicha, shu yilda Ko‘kdalada Investitsiya dasturidan tashqari 1 ta 330 o‘rinli yangi maktab, 4 ta maktabga qo‘shimcha o‘quv binosi quriladi hamda 4 ta maktab filiali rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofaga keltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring