Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligining tuzilmasi va asosiy vazifalari belgilandi

Xalq ta’limi vazirligining tuzilmasi va asosiy vazifalari belgilandi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, bir qator qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, oromgohlar, tahririyatlar, «Mehribonlik» uylari vazirlik tarkibiga kiradi.

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida o‘quvchilarning ma’naviy axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish Vazirlikning asosiy vazifasi ekani belgilangan.

Vazirlikka Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.

Vazirning besh nafar o‘rinbosari, jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri va hududiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlash va ozod etish bevosita Vazir tomonidan davlat hokimiyati organlari roziligisiz amalga oshiriladi.

Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.

Avvalroq, Xalq ta’limi vazirligi «Maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi» loyihasini amalga oshirishni boshlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring