Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro islom akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

Xalqaro islom akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Bunga qadar davlatimiz rahbarining maxsus topshirig‘i va tegishli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Murodovich Komilov bir vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring