Yurtimiz xalq ta’limi tizimida qancha pedagog faoliyat yuritadi?

— Bugungi kunda mamlakatimiz xalq ta’limi tizimida qancha pedagog faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning tarkibi qanday?
Qudrat Eshonqulov,
Boysun tumanidagi 33-maktab o‘qituvchisi
Savolga Xalq ta’limi vazirligining kadrlar boshqarmasi yetakchi nazoratchisi Abduhamid Abduqodirov javob berdi:
— Hozirgi paytda xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida jami 408 135 nafar pedagog kadrlar faoliyat ko‘rsatadi. Shundan 287 799 nafari ayollar. Pedagoglarning 340 899 (83,5 foiz) nafari oliy, 66 668 (16,3 foiz) nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter