Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 yil birga: Mobiuz ofislarida Kompaniya kuni o‘tkazildi

11 yil birga: Mobiuz ofislarida Kompaniya kuni o‘tkazildi

Mobiuz mobil operatori o‘zining 11 yilligida asosiy korporativ qadriyatlardan biri — mijozlarga yo‘naltirilganlikni amalda namoyon etdi.

1 dekabr kuni butun mamlakat bo‘ylab Mobiuz ofislariga tashrif buyurgan abonentlar kompaniya raxbariyati va hududiy Xizmat ko‘rsatish markazlari rahbarlari bilan uchrashdilar. Ular shu kuni kompaniyaga ulanishda shaxsan yordam ko‘rsatishdi, maslahatlar berishdi, masalalarni hal qilib, esdalik sovg‘alari va bonuslar taqdim etishdi.

"Mobiuz’da biz muntazam ravishda abonentlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning fikrlarini o‘rganamiz va xizmat sifatini oshirish ustida ishlaymiz. Ammo bugun tug‘ilgan kunimizni o‘zgacha tarzda — har kuni biz xizmat ko‘rsatadigan insonlar bilan bevosita muloqot shaklida nishonlashga qaror qildik, — deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdo bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova. — Bunday jonli muloqot bizga bebaho tajriba beradi. Mijoz bilan yuzma-yuz turganingizda, suhbatlashganingizda, ko‘zlariga qaraganingizda — har bir raqam ortida o‘z ehtiyojlari va tarixiga ega haqiqiy inson turganini yanada chuqurroq his qilasiz."

"Men kompaniyaga ulangani kelgandim, Xizmat ko‘rsatish markazi rahbarining o‘zi xizmat ko‘rsatdi, — deydi Mobiuz’ning samarqandlik abonenti Dilnora Karimova. — U nafaqat tarif masalasida yordam berdi, balki kompaniya ishida nimalar menga yoqishi va nimalarni yaxshilash mumkinligini so‘radi. Bunday holatlarda o‘zingizni chindan ham qadrli ekanligingizni his qilasiz. Bu juda samimiy va insoniy munosabat bo‘ldi».

Kun davomida tadbirda butun O‘zbekiston bo‘ylab yuzlab abonentlar ishtirok etdi. Ular nafaqat sifatli xizmat, balki yorqin taassurotlarga ham ega bo‘lishdi.

"Bizning qarashimiz — «Odamlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari». Insonlarni birlashtirish — bu faqat texnologiya va aloqa emas. Bu jonli muloqot, tushunish, ishonch, — deydi Urganchdagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Ruslanbek Kuryazov. — Biz abonentlarimizga yaqinroq bo‘lish uchun doimiy ravishda ishlaymiz: fikr-mulohazalarni tahlil qilamiz, jarayonlarni takomillashtiramiz, jamoani o‘qitamiz. Abonentlarimiz biz amalga oshirayotgan barcha ishlarning markazida turadi».

"11 yil shunchaki raqam emas. Bu 11 yillik ishonch, qo‘llab-quvvatlash, aloqa va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha kundalik mehnat, — deydi Chirchiqdagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Rovshanjon Abdumajitov. — Biz katta orzu bilan kichik jamoa sifatida ish boshlaganmiz, bugun esa millionlab o‘zbekistonliklar hayotining bir qismiga aylandik. Va biz siz bilan birga rivojlanishda davom etamiz — g‘oyalaringizni tinglaymiz, eshitamiz, amalga oshiramiz».

Mobiuzda Kompaniya kuni operatorning hayotidagi tamoyilini yorqin tasdig‘i bo‘ldi: abonent — bu shunchaki ma’lumotlar bazasidagi raqam emas, balki har kuni fikri va qulayligi muhim bo‘lgan insondir. Kompaniya mijozlarga yo‘naltirilganlikni bir martalik tadbir emas, balki korporativ madaniyatning ajralmas qismiga aylantirgan. U turli xil o‘zaro muloqot shakllari orqali mijozlar bilan aloqani mustahkamlashda davom etmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring