Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1,2 million dollar! Eng xavfli olti virus yuklangan noutbuk sotilmoqda

1,2 million dollar! Eng xavfli olti virus yuklangan noutbuk sotilmoqda

Illyustrativ foto

Xitoylik rassom Guo O Dong o‘zining «Samsung» noutbugiga oltita eng xavfli kompyuter virusini yuqtirdi va bu «asar»ni «Xaosning doimiyligi» («Persistence of Chaos») deb atadi. Auksionga qo‘yilgan noutbuk uchun oxirgi taklif etilgan stavka — 1,2 million dollar, deb yozmoqda «Kp.ru».

Xaridorlar nima maqsadda bu noutbukni sotib olishmoqchi — bizga qorong‘u. Rassomning ta’kidlashicha, toki internetga yoki boshqa qurilmaga USB orqali ulanmas ekan, noutbuk bezarar. Agar aksi bo‘lsa-chi?! Unda yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdori — qariyb 95 milliard dollar...

Kimoshdi savdosi saytida aniqlik kiritilishicha, noutbukka eng xavfli oltita virus yuklangan. Bular: WannaCry, ILOVEYOU, MyDoom, SoBig, DarkTequila hamda BlackEnergy.

Auksion 27-may, dushanba kuni yakunlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring