Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

12 nafar O‘zbekistonlik talaba Xitoyga ta’lim sayohatiga yo‘l oladilar

12 nafar O‘zbekistonlik talaba Xitoyga ta’lim sayohatiga yo‘l oladilar

2024 yil 12 mart Raqamli texnologiyalar vazirligida «Seeds for the Future 2023» loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv va «Tech4Good» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Huawei rahbariyati hamda O‘zbekistonning 7 nafar OTM talabalari ta’lim loyihasi yakunlarini sarhisob qildilar.

Raqamli texnologiyalar vazirligida «Tech4Good 2023» global tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston talabalari «Silver Award» va «People’s Choice Award» mukofotlariga sazovor bo‘ldilar. Tanlovning finali 2024 yil 11 yanvarda bo‘lib o‘tdi va ekspert hakamlar hay’atining ovoz berish natijalariga ko‘ra, TechnoMinds jamoasining «Aquatibia» deb nomlangan loyihasi o‘n nafar finalchi jamoa orasida eng yaxshilaridan biri deb topildi.

Mukofot tariqasida TechnoMinds’ning sakkiz nafar ishtirokchisi China Seeds Tour’da Xitoyga safarga otlanadi va o‘z loyihasini hayotga tadbiq etish uchun grant oladi. «Seeds for the Future 2023» ta’lim loyihasi davomida O‘zbekiston yoshlarining namoyon bo‘lgan salohiyati hisobga olingan holda, o‘tgan yili yana 4 nafar ishtirokchi Xitoy davatiga tashrif uchun tanlab olindi.

Yig‘ilishda «Seeds for the Future 2023» ta’lim loyihasi yakunlari ham sarhisob qilindi. O‘tgan yilning sentyabr oyida Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonning 7 ta OTMlaridan 15 nafar talaba Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi mintaqalaridagi 15 ta davlatdagi universitetlaridan 175 nafar talabani o‘zaro birlashtirgan Doha shahri, Qatarda o‘tkazilgan mintaqaviy loyihada ishtirok etdi.

«Iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishning asosiy maqsadi — yosh avlodni ish joylari bilan ta’minlashdan iborat. Ta’lim dasturlarini amalga oshirish va amaliyot o‘tash orqali biz yosh iste’dod sohiblarining xalqaro va mahalliy kompaniyalarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakaga ega bo‘lishlariga bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirmoqchimiz. Yoshlarni jalb etishdan nafaqat kompaniyalarning o‘zi manfaatdordir, balki butun dunyo ham innovatsion texnologiyalardan xabardor bo‘lgan malakali kadrlarga muhtoj», — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Chen Szyakay. – Bu yil Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatiga 25 yil, shuningdek, «Seeds for the Future» loyihasining 10 yil to‘ldi. Biz vazirlik va universitetlarga ko‘rsatgan yordamlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etamiz va bundan ham ko‘proq qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga umid qilamiz».

«Seeds for the Future 2023» loyihasi davomida o‘zbekistonlik talabalar 5G, sun’iy intellekt, bulutli hisoblash kabi innovatsion texnologiyalarni o‘rgandilar, butun dunyodan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan tajriba va bilim almashish imkoniga ega bo‘ldilar, shuningdek, Dubayda «COP-28» kunlari davomida o‘tkazilgan Iste’dodlar Sammitlarida, Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress 2024 ko‘rgazmasida O‘zbekiston davlat organlarining joriy yilning yanvar oyida Shenchjen shahridagi Huawei bosh qarorgohiga tashriflarini tashkil etishda ishtirok etdilar.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistondagi ta’lim loyihalarini amalga oshirishdan tashqari, yillik asosda AKT talabalari uchun amaliyot o‘tkazadi. 55 nafar talabala, shu jumladan, «Seeds» loyihasining 2023 va 2022 yillardagi 11 nafar bitiruvchisi kompaniyaning Toshkent shahridagi vakolatxonasida uch oylik amaliyot o‘tash uchun 7 ta mahalliy oliy o‘quv yurtidan tanlab olindi.

«Seeds for the Future» — Huawei kompaniyasining korporativ ijtimoiy mas’uliyati doirasida amalga oshirilayotgan flagman global ta’lim dasturi sanaladi. Mazkur dasturda 2008 yilda ishga tushirilgandan buyon 141 ta davlatdan 18 000 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar. Avvalgi yillarda o‘zbekistonlik 50 nafar talaba Xitoyda dastur bo‘yicha, 82 nafar talaba 2020-2022 yillarda dasturning onlayn shaklida ishtirok etgan. 2017 yilda O‘zbekistondan «Seeds for the Future» loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekinda bo‘lib o‘tgan «Bitta kamar, bitta yo‘l» xalqaro sammitida ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring