Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 yoshli Dominik axborot xavfsizligi tanlovida 15 mln.ni qo‘lga kiritdi (foto)

16 yoshli Dominik axborot xavfsizligi tanlovida 15 mln.ni qo‘lga kiritdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda 4-7-yanvar kunlari CTF.uz (Capture The Flag)  — kompyuterda axborot xavfsizligi ochiq turdagi tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

CTF.uz — «Kompyuterda axborot xavfsizligi ochiq turdagi tanlovi»ning birinchi bosqichida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida saralash turlari tashkil etilib, mahorat darslari o‘tkazildi.

«Kompyuterda axborot xavfsizligi ochiq turdagi tanlovi» yakuniy bosqichi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkazildi.

Yosh dasturchilar tanlovda axborot xavfsizligi bo‘yicha berilgan shifrlash, kiriptografik topshiriqlarni yechishdi. Topshiriqlar axborot xavfsizligi mutaxassislari tomonidan tuzilgan bo‘lib, yosh dasturchilar istalgan dasturlash tillari yordamida unga yechim topishlari mumkin bo‘ldi.

Bugun, 9 yanvar kuni mazkur tanlovning taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Shunday qilib,tanlovda uchinchi o‘rin Marat Validovga, ikkinchi o‘rin Anvar Qayumovga nasib qildi. Birinchi o‘ringa esa 16 yoshli Dominik Galiyev sazovor bo‘ldi. G‘oliblarga maxsus diplom va esdalik sovg‘alarini O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Bahrom Olmatov, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Boboxo‘jayev, «O‘zbektelekom» AK bosh direktori Nazirjon Hasanovlar topshirishdi. Shuningdek, birinchi o‘rin sohibiga 15 mln., ikkinchi o‘rin egasiga 10 mln., uchinchi o‘rin g‘olibiga esa 5 mln. so‘m mukofot pullari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan, «O‘zbektelekom» AK homiyligida o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring