Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilning eng kuchli android-smartfonlari (ro‘yxat)

2022-yilning eng kuchli android-smartfonlari (ro‘yxat)

Redmi K60 Pro.

Foto: iXBT.com

Master Lu benchmarki mutaxassislari 2022-yilning ishlab chiqaruvchanlik darajasi eng yuqori android-smartfonlari reytingini tuzishdi. Bu haqda MyDrivers portali xabar berdi.

Ushbu smartfonlar eng yaxshi protsessorlarga ega, eng yaxshi operatsion tizimlar o‘rnatilgan. Bir so‘z bilan aytganda — eng kuchli.

Kuchli uchlikni Xiaomi smartfonlari egalladi:

  • Xiaomi 13 Pro;
  • Xiaomi 13;
  • Redmi K60 Pro.
Foto: iXBT.com

Yuqoridagi uch smartfonda bir xil — Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessorlari o‘rnatilgan.

Keyingi o‘rinlarda:

  • Nubia Red Magic 8 Pro
  • Nubia Red Magic 8 Pro+
  • iQOO 11
  • Vivo X90 Pro+
  • Moto X40
  • Vivo S16e
  • Realme 10s.

Nubia Red Magic 8 Pro. Foto: Gsmarena.com

Origin OS qobig‘ida ishlovchi Vivo X90 Pro+ smartfoni operatsion tizimi eng silliq ishlovchi qurilma deb topildi, bu borada ikkinchi o‘rinda — Xiaomi 13 Pro (MIUI 14 operatsion tizimi), uchinchi o‘rinda — Vivo subbrendi iQOO 11 Pro (Origin OS).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring