2023-yilning eng kuchli smartfoni
2022-yil tugashiga hali ancha bor, ekspertlar esa 2023-yilning eng kuchli smartfonini aniqlashga urinishmoqda.
DigiTimes yozishicha, ular TSMC kompaniyasi top-menejerlarining bayonotlariga suyanishmoqda. Yangi protsessorimiz bozorda eng kuchlisi bo‘ladi, deyilgandi bayonotlarda. U 3-nm texnik jarayon me’yorlari bo‘yicha ishlab chiqariladi.
Bunaqa protsessor o‘rnatilgan smartfon faqat 2023-yilning ikkinchi yarmiga borib chiqariladi. Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, bu — iPhone 15 Pro. Apple va TSMC mustahkam va sermahsul hamkorlik qilayotgani nuqtai nazaridan, taxmin qiluvchilar adashmagan.
Ushbu kollaboratsiya (hamkorlik) yangi ayfonni yanagi yilning eng kuchli smartfoniga aylantiradi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi yangi ayfon (iPhone 14) taqdimoti 7-sentyabrda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter