Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

Amalga oshirilayotgan ishlar har bir ulanishni yanada barqarorlashtirish, internetni tezlashtirish va raqamli xizmatlardan foydalanishni osonlashtirishga qaratilgan.

Yangi tayanch stansiyalari – uyali aloqa uchun yangi imkoniyat

Joriy yil boshidan buyon olis qishloqlardan tortib to aholisi zich joylashgan shahar hududlarigacha 2500 dan ortiq yangi va modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Natijada, ilgari signal beqaror bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan joylarda endi ishonchli qamrovni ta’minlaydigan zamonaviy uskunalar ishlayapti.

Mamlakatimiz bo‘ylab tobora ko‘proq odamlar barqaror mobil aloqa va yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu, ayniqsa, hududlar, tadbirkorlik va odamlarning kundalik hayotini rivojlantirish uchun muhim, chunki endi raqamli makonda aloqada bo‘lish, ta’lim olish va ishlash osonlashdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm – endi yangi tezlikda

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida SWAP (texnik infratuzilmani yangilash) loyihasining asosiy bosqichini amalga oshirish davom etmoqda.

O‘nta tumanda tarmoq infratuzilmasi, tayanch stansiyalar va radiorele liniyalari to‘liq yangilandi. Bular Xorazm viloyatining Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Yangiariq, Xiva tumanlari hamda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy, Amudaryo tumanlarini o‘z ichiga oladi. Qolgan hududlarda ishlar davom etmoqda.

Bu aholi uchun quyidagini anglatadi: endi hatto eng chekka joylarda ham zamonaviy internetdan foydalanish, video qo‘ng‘iroqlar qilish, fayllarni tez yuklash va yuborish mumkin – uzilishlarsiz va kechikishlarsiz ishlaydi.

Tayanch tarmoqlari va energiya samaradorligidagi barqarorlik

Infratuzilmani mustahkamlash doirasida kompaniya 600 dan ortiq radiorele liniyalari oralig‘ini zamonaviylashtirdi va 55 kilometrga yaqin optik tolali aloqa liniyalarini yotqizdi. Bu smartfon ekranlarida ko‘rinmasa-da, aynan shu narsa uzilishlarsiz gaplashish va videolarni to‘xtamasdan tomosha qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, tayanch stansiyalarida energiyadan yanada tejamkorroq foydalanish uchun maxsus Power Star funksiyasi joriy etildi – u tarmoqqa yuklama kam bo‘lgan soatlarda elektr energiyasini tejashga yordam beradi.

Raqamli trafik o‘sib bormoqda va kompaniya bunga tayyor

Aloqa sifati, qamrov barqarorligi va Mobiuz raqamli yechimlarining mavjudligiga bo‘lgan ishonchning ortib borayotgani tufayli internet-trafikning muntazam o‘sishi kuzatilmoqda. Abonentlar tobora ko‘proq video tomosha qilish, onlayn ta’lim olish, ishlash va hordiq chiqarish uchun Mobiuzni tanlamoqda.

Mobiuz allaqachon bu o‘sishga javob bermoqda – infratuzilmaga faol sarmoya kiritmoqda, ma’lumotlar markazlarini rivojlantirmoqda va xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali internet-trafikni kengaytirmoqda. Bu foydalanuvchilarning so‘rovlarini yanada tezroq ko‘rib chiqish va yangi darajadagi raqamli xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.

Mobiuz nafaqat operator, balki kundalik hayotdagi hamkor

Mobiuz aloqa shunchaki ufqdagi tayanch stansiyasi minorasi emasligiga ishonadi. Bu yaqinlaringizga qo‘ng‘iroq qilish, kerakli ma’lumotni topish, o‘z vaqtida ulgurish, xabardor bo‘lish, bilimlarni ulashish va ilhomlantirish imkoniyatidir. Shuning uchun kompaniya faoliyati raqamlar haqida emas, balki odamlar haqida. Operator jamoasi abonentlarga har doim va har qayerda yaqin bo‘lish barcha ishlarni amalga oshirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring