Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9-mart kuni navbatdagi 60 ta sun’iy yo‘ldosh uchiriladi

9-mart kuni navbatdagi 60 ta sun’iy yo‘ldosh uchiriladi

Foto: «Spaceflight Now»

9-mart kuni kompaniya 60 ta mini-sun’iy yo‘ldoshni uchiradi — bu sun’iy yo‘ldosh guruhlarining orbitaga 21-chi chiqarilishi bo‘ladi.

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 og‘ir raketa tashuvchisini orbitaga yana 60 ta Starlink mini yo‘ldoshlari bilan chiqaradi. Bu haqda 7-mart kuni «Spaceflight Now» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshlar 9-mart kuni AQShning Sharqiy sohili vaqti bilan soat 21:55 da Florida shtati Kennedi nomli kosmik markazining 40-uchirish kompleksidan uchiriladi.

Bu 2019-yil may oyida Starlink loyihasi doirasida boshlangan Internet sun’iy yo‘ldoshlari guruhining orbitaga 21-chiqarilishi bo‘ladi. Oldingi partiya 4-mart kuni chiqarilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni Starship SN10 raketasining prototipi qo‘nishidan bir necha daqiqa o‘tgach portlagani haqida xabar bergandik

Keyinroq kompaniya rahbariyati prototipning portlashiga uning tez fursatlarda yig‘ilgani sabab bo‘lgani haqida aytib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring