Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar test o‘tkaziladigan kun va joyni internet orqali bilishlari mumkin

Abituriyentlar test o‘tkaziladigan kun va joyni internet orqali bilishlari mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Joriy yilda sinovlar yangicha tartibda va joylarda o‘tkaziladi. Bu esa ko‘plab abituriyentlarni chalg‘itishi tabiiy.

Turli tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida davlat test markazining dtm.uz saytida testday.dtm.uz platformasi yaratilgan. Ushbu platforma orqali oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan har bir abituriyent o‘zining shaxsiy pasport ma’lumotlarini kiritish orqali o‘zi hujjat topshirgan ixtisoslik bo‘yicha qaysi kuni, qay joyda va qaysi vaqt test sinovlari bo‘lib o‘tishini bilib olishi mumkin.

Markaz mutaxassisining ta’kidlashicha, ushbu amaliyotni 25-iyuldan boshlab amalda qo‘llash mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring