Afsonaviy «Olympus» fotokameralar ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Birinchilardan bo‘lib raqamli kameralari bilan tanilgan Yaponiyaning «Olympus» kompaniyasi fotoapparatlar ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatmoqda. «The Verge shu haqda yozmoqda.
APS-C va to‘liq kadrli tizimlardan keyin uchinchi ommaviy yo‘nalish — Micro Four Thirds segmentida ishlayotgan kompaniyalar faqatgina «Olympus» va «Panasonic» edi.
«Olympus» o‘z qarorini «o‘ta jiddiy raqamli kameralar bozori» foyda keltirmay qo‘ygani bilan izohladi.
Oxirgi qatorasiga uch yil «Olympus» ushbu biznes yo‘nalishida faqat zarar bilan ishladi. Bunga, qisman bo‘lsa-da, havaskorlar uchun fototexnika o‘rnini smartfonlar egallab olgani sabab bo‘ldi.
«Olimpiyachilar» o‘z biznesini ilgari «Sony VAIO» sho‘basini sotib olgan «Japan Industrial Partners»ga sotishdi. Endi «Olympus» bor diqqatini sanoat va tibbiyot qurilmalari ishlab chiqarishga qaratadi.
Ma’lumot uchun: «Olympus» savdo belgisi 1921-yilda ro‘yxatga olingan, kompaniya 1923-yilda termometrlar ishlab chiqarishdan mikroskoplarga o‘tgan. Kompaniya fotokameralar uchun optika bilan shug‘ullana boshlagan 1934-yildan uning fototarixi ham boshlangan. 1936-yilda kompaniyaning ilk fotoapparati — «Semi-Olympus I» dunyo yuzini ko‘rgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter