Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri davlat mukofoti sohiblari bilan uchrashdi

AKT vaziri davlat mukofoti sohiblari bilan uchrashdi

Foto: AKT vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Sherboboyeva Gulrux Baxtiyorovna «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni qaroriga binoan esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining  4-bosqich talabasi Rahimova Sayyora  va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi Ahmatova Sitorabonu Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan xotin-qizlarimizni ushbu yutuqlari va nafosat bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, ayol nafaqat ona, opa-singil yoki farzand, balki faol xodim, ustozdir. So‘nggi paytlarda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan ayollarga turli darajadagi rahbarlik lavozimlarining ishonib topshirilayotgani esa ularga davlat siyosati darajasida e’tibor, aytish joiz bo‘lsa, ehtirom ko‘rsatilayotganidan dalolat beradi.

Yildan-yilga xotin-qizlarimizning jamiyat va mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari ortib bormoqda. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida bugungi kunda 30 mingdan ortiq xodimlar mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning 9927 nafarini ayollar tashkil etishi, 542 nafar ayol boshqaruv  lavozimida faoliyat yuritayotganini yurtimizda hotin-qizlarning har sohada o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring