AKT vaziri Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi bilan tanishdi
Bugun, 13-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «O‘zbektelekom» AK «Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi» filiali qoshidagi yangi, kengaytirilgan Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (254/255 EATS)ga bordi.
AKT vaziri 2021-yil 24 -oyabrda «O‘zbektelekom» AK «Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi» filiali qoshidagi Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi faoliyati bilan tanishib, Call-markazlar faoliyatini kengaytirib, rivojlantirish orqali qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish vazifalarini belgilab bergandi.
Tashrif avvalida AKT vaziri markazda amalga oshirilayotgan ishlar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘ndan ortiq davlat organlari, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga oid murojaatlar bo‘yicha Call-markazga bugungi kungacha 1000 nafarga yaqin xodim jalb etilgani aytildi. Jumladan, 6 oy davomida 300 nafarga yaqin yangi ish joyi yaratilgani ta’kidlandi.
Kelgusida yanada ko‘proq davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Call-markaz xizmatlarini ko‘rsatish va kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Tanishuv jarayonida faoliyat davomida erishilgan natijalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mijozlar sonini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi.
Sherzod Shermatov o‘z taklif va mulohazalarini bildirarkan, yangi ishchi o‘rinlarini hududlarda ko‘proq yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu borada qilinadigan ishlar va mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish yechimini topishda yordam berishini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter