AKT vaziri TATU qabul komissiyasi ishi bilan tanishdi

Bugun, 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.Axmedxadjayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qabul komissiyasi ishi bilan tanishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2018/19-yilgi o‘quv yiliga bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga jami 1 645 nafar, maxsus sirtqi bo‘limiga 100 nafar, magistratura yo‘nalishiga 164 nafar talaba qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, universitetning kunduzgi va sirtqi bo‘limlariga hujjatlar 2018-yil 15-iyundan 15-iyuliga qadar qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter