Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

AKT vaziri videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov tomonidan soha korxona va tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar uchun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Unda tizim tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va hajmini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi talablarining bajarilishi yuzasidan so‘z yuritildi.

Videoselektor davomida tizimdagi barcha tashkilotlarga raqamli iqtisodiyot bo‘yicha soha oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash, vazirlik markaziy apparatidagi mas’ul boshqarma va bo‘limlar ham tegishli yo‘nalishda hududlardagi muammo va dolzarb masalalar yechimiga e’tibor qaratishi ta’kidlandi.

Shuningdek, hududiy boshqarma boshliqlarining vazirlik markaziy apparatidagi mas’ul boshqarma va bo‘limlari bilan hamkorlikda ustuvor loyihalar va vazifalar ijrosini tashkil etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini bugungi kun talablaridan kelib chiqib yanada rivojlantirish masalalariga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, yig‘ilish davomida sohani yanada rivojlantirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifalari topshirildi.

Avvalroq Sherzod Shermatov kimda bu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va loyihalari bo‘lsa, ularni ushbu onlayn forma orqali yuborishni so‘ragandi: https://bit.ly/3FAr2WL

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring