AKT vaziridan talabalarga uch maslahat
AKT vaziri Sherzod Shermatov xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talabalarga o‘zining foydali maslahatlarini ulashdi.
Germaniyada SAP rahbariyati bilan uchrashuvda, ular tomonidan bepul taqdim etiladigan kurslarni bizdagi talabalardan atigi 32tasi bitirgani va ular to‘liq 100% yuqori daromadli ish bilan ta’minlanganini ma’lum qilishdi.
Shunda meni bir savol qiynay boshladi, nega shuncha talabalarimiz bo‘lsada va Germaniyani o‘zida yuz mingdan ortiq AKT mutaxassisiga talab bo‘lsada, bepul va yuqori maoshli ish bilan ta’minlaydigan kasbni o‘rgangan talabalar soni shunchalik kam?
Maslahatim, hozir avvalgidek diplomni o‘zi ish bilan ta’minlanishga yetarli emasligini, vaqtlarini bekor ketkazmay xalqaro til va boshqa kasb sertifikatlarini olishga qunt bilan harakat qilishlari zarurligini hamma talabalarimiz tezroq tushunishlari kerak. Bunga hozir juda ko‘p imkoniyatlar bor, masalan o‘sha SAP saytida: https://learning.sap.com/student-zone
Yoki bitirib chiqqunicha juda bo‘lmasa chet tili sertifikatini olib chiqsa ham, kelgusida chet eldan masofaviy ish topishiga juda katta yordam bo‘lardi, sertifikatni olish xarajatini 100 foizini davlat qoplab beradi: https://my.gov.uz/uz/service/413
AKT yo‘nalishidagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun o‘qish va sertifikatsiyani 50 foiz xarajatini davlat qoplab beradi: https://my.gov.uz/uz/service/622
Lekin bu ikkala imkoniyatdan foydalangan talabalarimizning soni umumiy talabalarni sonini ichida juda kamdir! Shuning uchun yana bir bor talabalik davringizda vaqtni bekor ketkazmay xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni ham olishga harakat qilishingizni tilab qolaman, deydi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter