AKT vazirligi «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmasida qatnashmoqda (foto)
Bugun Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida xalqaro «Made in Uzbekistan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma 25-oktyabrgacha davom etadi.
«O‘zekspomarkaz»ning 3-pavilonida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ulkan stendi joylashgan. Stenddan «O‘zbektelekom» AK, «UNICON.UZ» DUK, «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK, «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi» MChJlarning ekspozitsiyalari namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmada «O‘zbektelekom» AK o‘z ishlab chiqarish korxonalari — «Telecom Devices Pro» MChJ va «Telecom Innovations» MChJ QK mahsulotlarini taqdim etmoqda.
«Telecom Devices Pro» MChJ 2012-yili «Navoiy» erkin iqtisodiy hududida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyati CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar telefonlar, planshetlar ishlab chiqarishdan iborat. «Telecom Devices Pro» MChJ Markaziy Osiyoda CDMA-450 qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona korxona hisoblanadi.
«Telecom Innovations» QK ham «Navoiy» erkin iqtisodiy hududida joylashgan bo‘lib, ko‘rgazmada ADSL-modemlar, DSLAM-uskunalar, optik konsentratorlar, raqamli televideniye «set-top-box» priyomniklari va abonentlar hamda «O‘zbektelekom» AK ATSlari uchun operator va abonent uskunalarini namoyish etmoqda.
«Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasi mahalliy korxonalarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarini namoyish etish, xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish, 2020-yil uchun barqaror eksport shartnomalari portfelini shakllantirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter