«Aloqa tarixi» muzeyida 2018-yilda «Innovatsion g‘oyalar» ekspozitsiyasi tashkil etiladi

«Aloqa tarixi» muzeyi direktori o‘rinbosari Nilufar Azizova «infoCOM.uz» jurnaliga bergan intervyusida 2018-yildagi rejalari haqida ma’lumot berdi.
Yangi yilda muzeydagi mavjud ekspozitsiyalarda namoyishga qo‘yilgan har bir eksponat to‘g‘risida interaktiv ma’lumotlarni olish tizimini yaratiladi. Saqlanayotgan asosiy va qo‘shimcha eksponatlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiriladi.
Yosh avlodning muzeyga qiziqishini oshirish maqsadida interaktiv o‘yinlar joriy qilinadi. Shuningdek, sohada yaratilayotgan intellektual mahsulot, dasturiy va innovatsion g‘oya asosida yaratilgan ishlanmalarni doimiy ravishda muzeyga taqdim etib borish uchun «Innovatsion g‘oyalar» ekspozitsiyasi tashkil etiladi.
Muzeyda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. 2018-yilda muzeydagi 120 o‘rinli anjumanlar zali jihozlanib, sohaning «PRESS-KLUBI» tashkil qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter