Amerika maxsus xizmati «Windows»dagi darzni aniqladi
AQSh Milliy xavfsizlik agentligi mutaxassislari «Windows» amaliy tizimidagi darzni topishdi. MXA kiberxavfsizlik direktori Enn Noyberger bu haqda «Microsoft» kompaniyasiga xabar jo‘natilganini ma’lum qildi.
«Bloomberg» yozishicha, bu darz sertifikatlar va kriptografik xabarlarni amalga oshirishda qo‘llanuvchi Crypt32.dll faylida aniqlangan. Maxsus xizmatlarga ko‘ra, bundan juda ko‘plab foydalanuvchilarga kibehujumlar uyushtirishda foydalanish mumkin edi.
«Microsoft»dagilar bu darzni to‘ldiruvchi patch ishga tushirilganini ma’lum qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter