Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«An’ana davom etadi» — «Ucell»da donorlar kuni munosabati bilan qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi (video)

«An’ana davom etadi» — «Ucell»da donorlar kuni munosabati bilan qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi (video)

Foto: «Xabar.uz»

«COSCOM» mas’uliyati cheklangan jamiyat ofisida («Ucell» savdo belgisi) Respublika qon quyish markazi sayyor guruhining yordami bilan kompaniya xodimlarining ixtiyoriy va beg‘araz donorlik qon topshirish jarayoni tashkillashtirildi.

Ta’kidlash kerakki, har yili 14 iyun kuni «Ucell» xodimlari an’anaviy tarzda markazning mutaxassislari ko‘magi ostida kompaniya binosida o‘tkaziladigan Xalqaro donor kunida ishtirok etadilar. Bu safargi aksiyada kompaniyaning 90 xodimi donor unvoniga ega bo‘ldi. O‘tgan yili bu son 53 nafarni tashkil etgan edi.

Donorlik qilish istagini bildirgan xodimlarning ba’zilari uzoq yillardan beri aksiyalarda qatnashib kelgan bo‘lsa, ayrimlari birinchi marta qatnashmoqdalar.

«Ucell» ofisida karantin qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilgan aksiya ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring