«Apple» aksiyalari rekordni yangiladi

AQSh bozorining eng qimmat texnologiya kompaniyasi «Apple» aksiyalari 3 savdo kunidan keyin rekord darajaga yetdi. Nyu-York birjasida «Apple» aksiyasi kecha 187,36 dollar qiymat bilan kunni yakunlagan bo‘lsa, bugun 1,6 foiz o‘sib, 190,37 dollarga yetdi. Bu kompaniya tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
«Apple»ning savdo qiymati bugun 959 milliard dollargacha chiqdi. Kompaniyaning umumiy aksiyalari qiymati esa 1 trillion dollarga yaqinlashdi.
Mutaxassislar keyingi hafta «Apple»ning umumiy aksiyalari qiymati 1 trillionga chiqishini aytishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter