Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple birinchi marta an’anasini buzdi

Apple birinchi marta an’anasini buzdi

Foto: Capitalism

Apple 22 yil davom etgan an’anasini buzdi: to‘rtinchi chorakda bironta kompyuter chiqarmadi.

2022-yil nihoyasida kompaniya noutbuk (MacBook Pro) va kompyuter (Mac Pro) chiqarishi kutilayotgandi, biroq sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu qurilmalarning taqdimoti 2023-yilga qoldirilgan.

Kompaniya tarixiga nazar solinsa, har yili oktyabrdan dekabrgacha oraliqda kamida bitta yangi noutbuk yoki kompyuterini chiqargan. Shunaqa qurilmalarning birinchisi iBook G3 kompyuteri edi.

iBook G3

Apple bu yil hisobidan taqdim etgan eng so‘nggi qurilma — 15 iyunda chiqarilgan MacBook Air M2 noutbugi.

MacBook Air M2

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple 14 va 16 dyuymli ekranga ega MacBook Pro noutbuklarini chiqarishi kutilayotgandi. Ushbu qurilmalar kelgusi yilning mart oyi berisida taqdim etilmasligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring