Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» qondagi qand miqdorini terini shikastlamasdan aniqlash imkonini beruvchi «aqlli» soat yaratish niyatida

«Apple» qondagi qand miqdorini terini shikastlamasdan aniqlash imkonini beruvchi «aqlli» soat yaratish niyatida

Apple Watch.

Foto: «ITC.ua»

Hozirda «Apple Watch» — bu odamning jismoniy faolligini nazorat qilish imkoniyatiga ega zamonaviy aksessuar hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar ushbu qurilmani yaqin kelajakda tibbiyot bilan bog‘lash niyatida. «Bloomberg» nashri avvalroq «aqlli» soatlar elektrokardiografga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Ammo qondagi qand miqdorini terini shikaslamasdan (ignasiz) aniqlashga yordam beradigan texnologiyaning soatga o‘rnatilishi ancha qiziqroq, albatta.

«Apple» bu turdagi texnologiya ustida ish olib borayotgani bahor oyida ma’lum bo‘lgandi. «The New York Times» nashri o‘zining ishonchli manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, hozirda «Apple» mazkur texnologiya ustida faol ish olib bormoqda. Biroq bu kabi ixtiro qurilmaning tijoriy taliinlarida paydo bo‘lguniga qadar bir necha yillar o‘tadi.

Loyiha haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q. Avvalroq, «Apple» terini shaffofga aylantiruvchi maxsus optik sensorlardan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo bu ham hozircha tasdiqlangani yo‘q.

Nima bo‘lganda ham «Apple»ning bu turdagi texnologiya ustida ish olib borayotganining o‘zi ajoyib yangilik hisoblanadi va o‘z-o‘zidan kompaniyaga ko‘p milliardlik tibbiy xizmatlar bozoriga yo‘l ochadi. Qandli diabet eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, bunday imkoniyatning paydo bo‘lishi inqilobni amalga oshiradi.

«Google» kompaniyasi 2012-yilda glyukoza miqdorini aniqlash imkoniyatiga ega aqlli kontakt linzalar haqida ma’lum qilgandi, ammo hozirga qadar uni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida hech qanday yangiliklar oshkor qilinmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring