Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple unutilgan nomiga qaytmoqda

Apple unutilgan nomiga qaytmoqda

Foto: «Techtoday.in.ua»

Apple o‘zining mahsulotlar tizimidagi nomini soddalashtirmoqchi. Kompaniya 2022-yilda 2019-yildan buyon halqaro bozorga chiqmagan iMac Pro va MacBook ni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Loyihada aytilishicha, Apple 2022-yilda yangi 5 dona Mac kompyuterlari, bundan tashqari, yangi super quvvatli iMac, yangilangan MacBook Air, Mac mini, MacBook Pro, boshlang‘ich bosqichdagi Mac Pro shaxsiy Apple ARM protsessorlari bilan birgalikda chiqarishni ko‘zda tutgan.

2020-yildan buyon kompaniya MacBook to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatgichlar ustida ishlayotganiga qaramasdan «Dylandkt» xisobotiga ko‘ra, bu yangi model, balki, MacBook Air deb nomlanmasligi ham mumkin. Bu qurilma bilan birga shunchaki MacBook deb nomlanishi ehtimoli bor.

Agar shunday bo‘lsa, bu kompaniya xisobotida birinchi holat bo‘lmaydi. Apple bir necha bor MacBook taklifini ilgari surgan. Kompaniya MacBook qurilmasini 2006-yildan 2012-yilgacha va 2015-yildan 2019-yilgacha sotuvga chiqargan.

So‘nggi 12 dyuymlik model MacBook kam quvvatli, USB-C va ventilyatorsiz dizaynda taqdim etilgan.

Oxirgi yillarda Apple iMac qurilmasining ikki asosiy modelini sotuvga chiqargan; 21,5 dyuymlik model va super quvvatli 27 dyuymlik modellari jahon bozoriga chiqqan. Yil boshida 21,5 dyuymlik model yangi 24 dyuymlik M1 chipiga ega modelga o‘zgartirildi. 27 dyuymlik model dizayni hali yangilanmagan, shu jumladan, Apple protsessorlari ham.

Kompaniya iMac Pro qurilmasini kosmik kulrang rangda 2017-yilda qo‘shimcha 2 ta iMac modeli bilan birgalikda ommaga taqdim etgan. Ammo bu tovar seriyasini ishlab chiqarish 2021-yil boshida to‘xtatilgan. Yangi iMac modeli butunlay o‘zgacha dizaynda bo‘lishi, 24 dyuymlik modelga nisbatan kuchli quvvatga ega chiplar bilan ta’minlangan holda taqdim etilishi kutilmoqda.

iMac nomiga keladigan bo‘lsak, Apple xaridorlarni ko‘proq jalb qilish uchun bu nomni taklif qilgan bo‘lishi ham mumkin. Sir emaski, iMac bu professional texnika, u o‘zining oxirgi yillarda chiqarilgan modellaridan ko‘proq farq qiladi.

Taxminlar o‘zini oqlaydigan bo‘lsa, noutbuklar seriyasida MacBook va MacBook Pro, kompyuterlar uchun esa iMac va iMac Pro nomlaridan foydalanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring